Foto: Hasan Pirmuhammedov
Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) yakuniy Olimpiya reytingini e’lon qildi. Unga kiritilgan sportchilar Tokio Olimpiadasiga litsenziyalar olishadi.
O‘zbekistonlik Nikita Rafalovich 80 kggacha vazn toifasida Olimpiadaga litsenziya oluvchilar ro‘yxatidan joy olib, yakuniy reytingda 4-o‘rinni egalladi.
Ushbu litsenziya O‘zbekiston sportchilari Olimpiadaga borish uchun qo‘lga kiritgan 15-litsenziya bo‘ldi. O‘zbekistonlik taekvondochilar 10-11 aprelda Xitoyda o‘tadigan saralash musobaqasida yana 3 ta litsenziyani qo‘lga kiritishlari mumkin. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida ma’lum qilinishicha, ushbu musobaqa Osiyo qit’asi uchun Olimpiadaga borish huquqini beruvchi so‘nggi musobaqa bo‘ladi.
Rafalovich ishtirok etadigan vazndagi yakuniy reyting quyidagicha ko‘rinish oldi.
1. Maksim Xramsov (Rossiya) – 558.95
2. Milad Beigi (Ozarboyjon) – 445.22
3. Chek Sisse (Kot d`Ivuar) – 355.57
4. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) – 306.89
5. Raul Garsiya (Ispaniya) – 286.06
6. Toni Kanayet (Xorvatiya) – 283.69 “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?