08:08 / 06.01.2020
2 669

"Nasaf" fevralda Turkiyada yig‘in o‘tkazadi

"Nasaf" fevralda Turkiyada yig‘in o‘tkazadi
Qarshining «Nasaf» klubi o‘z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Tarkibda esa jiddiy o‘zgarishlar yuz berayotganini aytish joiz. Hozirga qadar Umar Eshmurodov, Islom Rashidxonov, Humoyun Murtazoyev hamda Sardor Abduraimov rasman «Nasaf» bilan xayrlashishgan.

Shuningdek, jamoaning 10 nafar a’zosi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni paytda esa jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev akademiya tarbiyalanuvchilari va o‘rinbosarlar tarkibida o‘zini ko‘rsatgan yoshlar bilan yig‘inni boshladi.

Dekabr oyida jamoa safida bir qator legionerlar ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilingandi. Ammo yanvardagi yig‘inda ularning birortasi «Nasaf»ning mashg‘ulotlarida ishtirok etishmayapti. Boisi, bosh murabbiy xorijlik futbolchilarga javob berib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, tarkibga yana boshqa legionerlarning qo‘shilishi ehtimoli mavjud. Shuningdek, yanvar oyida Qarshida shug‘ullanishgach, fevralda Turkiyada yig‘in o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" fevralda Turkiyada yig‘in o‘tkazadi