09:20 / 07.01.2020
2 558

“Nasaf”ning sobiq ustozi Slovakiya klubini boshqaradi

“Nasaf”ning sobiq ustozi Slovakiya klubini boshqaradi
Qarshining “Nasaf” klubi bilan OFK kubogida g‘olib chiqqan ukrainalik mashhur murabbiyi Anatoliy Demyanenko olti yillik tanaffusdan keyin murabbiylik faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Anatoliy Vasilevich Slovakiyaning “Nitra” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Klubning Feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, ukrainalik mutaxassisga Miroslav Nemes va Miroslav Kenig yordamlashishadi.

“Nitra” ayni paytda Slovakiya chempionatida 18 turdan so‘ng autsayderlar qatorida bormoqda. Yangi murabbiy oldiga jamoani kuchli divizionda saqlab qolish vazifasi turibdi.

Anatoliy Demyanenko 2011 yili “Nasaf”ni boshqargan bo‘lsa, 2012 yili Ukrainaning “Volin” klubiga murabbiy etib tayinlanlangandi. 2013 yildan buyon ukrainalik mutaxassis hech bir jamoada ishlamayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf”ning sobiq ustozi Slovakiya klubini boshqaradi