07:58 / 09.01.2020
1 899

Abbosjon Otaxonov: "Yana chempion bo‘lish qo‘limizdan keladi"

Abbosjon Otaxonov: "Yana chempion bo‘lish qo‘limizdan keladi"
2018 yil O‘zbekiston terma jamoasi safida U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etib chempionlikka erishgan Abbosjon Otaxonov o‘z ukalariga omad tiladi.
"Avvalo barchangizni Osiyo chempionatining final bosqichi start olganligi bilan tabriklayman. Bu qit’a chempionati Tokio olimpiadasiga yo‘llanma berishi bilan ham ikki hissa mas’uliyatli va muhimdir.

Tailand maydonlarida o‘tayotgan birinchilikda ham raqiblar deyarli o‘zgarmagan. Hamisha va har doim final bosqichiga chiqib yurgan tanish termalar. Barchada imkoniyat bir xil: to‘p yumaloq, maydon tekis. Biz qit’aning so‘nggi chempionatida kuchli ekanligimizni isbotlaganmiz. Shunday ekan, Osiyo chempionatini yana bir bor yutish, chempionligimizni munosib himoya etish qo‘limizdan keladi. Faqatgina har bitta o‘yinga katta ishtiyoq bilan tushing.

Ortingizda Ona Vatan – serquyosh O‘zbekiston turganligini unutmang! Boshni tik tutib, har qanday raqibdan cho‘chimasdan to‘p suring. Yig‘inlar davomida, saralash guruhi bahslarida, nazorat uchrashuvlarida Siz nimalarga qodir ekanligingizni ko‘rsatdingiz. Siz bundan-da yuksak marralarga loyiqsiz. Sizga chempionlik taxti, boshingiz uzra Kubokni baland ko‘tarish yarashadi.

Qadrli ukalarim, aziz ustozlar! Biz sizlarga ishonamiz! Osiyoda yana chempion bo‘lish qo‘limizdan keladi. Sizlarga omad va g‘alabalar yor bo‘lishini tilayman!", - deydi 2018 yilgi U-23 Osiyo chempionati oltin medali sohibi Abbosjon Otaxonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosjon Otaxonov: "Yana chempion bo‘lish qo‘limizdan keladi"