Yangi mavsumga tayorgarlikni Yangiyer shahrida olib borayotgan “Andijon” jamoasi tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishda davom etmoqda.
Bugun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga Moldaviyalik Artyom Litvyakov kelib qo‘shildi.
Artyom Litvyakov Moldaviyaning A Divizionida ishtirok etuvchi “Tigina” jamoasi sharafini himoya qildi. Yakuniga yetgan mavsumda “Tigina” tarkibida raqiblar darvozasini 30 marotaba aniq nishongan olgan bu hujumchi, mavsum yakuniga ko‘ra chempionat to‘purari bo‘ldi. Uning “Tigina” jamoasi esa turnir jadvalini 4-o‘rin bilan yakunladi.
Tanishing, Artyom Litvyakov.
Ampluasi: hujumchi;
Tug‘ilgan yili: 23.10.1996 yil
Fuqaroligi: Moldaviya.
Shuningdek, Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi a’zosi Izzat Abdullayev "Andijon"ning Yangiyerdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Yakuniga yetgan mavsumda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi tarkibida o‘ynagan Izzat Abdullayev jami bo‘lib 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 484 daqiqa harakat qilishga ulgurdi.
Ma’lumot uchun:
Izzat Abdullayev.
Tug‘ilgan yili: 16.01.1996 yil.
Ampulasi: Yarim himoyachi.
Yakuniga yetgan mavsumni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida o‘tkazgan futbolchi Siroj Meliyev ham “Andijon” jamoasining Yangiyer shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi. Qayd etish kerakki, Siroj Meliyev 2017 yilgi chempionatda Muborakning “Mash’al” jamoasi tarkibida Aleksandr Xomyakov qo‘l ostida to‘p surgan. O‘tgan yilgi mavsumda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi tarkibida o‘ynagan Siroj Meliyev 9 ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, jami 512 daqiqa o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun:
Siroj Meliyev.
Tug‘ilgan yili: 28.09.1995 yil.
Ampluasi: Hujumchi.
Shuningdek, "So‘g‘diyona" jamoasining yana bir futbolchisi Muhammad Yuldashev ham "Andijon" jamoasi mashg‘ulotlariga taklif etildi.
Manba: "Andijon" matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi