16:37 / 11.01.2020
2 711

IBF ning dekabr oyi reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarni band etishdi?

IBF ning dekabr oyi reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarni band etishdi?
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning dekabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

E’lon qilingan yangi reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) o‘z vaznida rasman birinchi raqamli da’vogar nomini saqlab qoldi. Eslatib o‘tamiz, u 30 mart kuni yaponiyalik Keyta Obarani (21-4-1, 19 KO) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgan va buning evaziga mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi. Abduqahhorov ayni vaqtda WBC reytingida to‘rtinchi WBO reytingida esa 8-o‘rinni egallab turibdi.

IBF Qudratillo Abduqahhorovga vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqishni taklif qilgan. Agar mazkur tashkillashtirilsa va unda Abduqahhorov g‘alaba qozongan taqdirda. Reytingdan yuqoriga, ya’ni chempionlar qatoriga qo‘shiladi. O‘tgan oyda tashkilot ilk marta vaqtinchalik kamar uchun jang o‘tkazdi. Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vaznda yaponiyalik Riyosuke Ivasa chempionlikni qo‘lga kiritdi va u reytingdan yuqoriga chempionlar qatoriga qo‘shildi. Endi u Ahmadaliyev-Roman jangi g‘olibiga qarshi majburiy himoya jangida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) mazkur yo‘nalish reytingida noyabr oyida bo‘lgani kabi 6-o‘rindan joy oldi. Super yengil vazn toifasining yana bir vakili Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 15-o‘rinda qayd qilindi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida oltinchi, WBO reytingida o‘n uchinchi, WBC reytingda esa 30-o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida Shahram G‘iyosov WBA reytingida sakkizinchi, WBC reytingida esa 21-o‘ringa joylashib olgan

IBF reytingidan o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » IBF ning dekabr oyi reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarni band etishdi?