Xabaringiz bor, saytimiz orqali yurtdoshlarimiz jangi avvalidan o‘ziga xos so‘rovnama o‘tkazib, muxlislarning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashar edik. Yana bir bor, bunday ishni amalga oshirmoqdamiz. Bu safargi so‘rovnomamiz mag‘lubiyatsiz odimlayotgan yurtdoshimiz Shohjahon Ergashev bilan bog‘liq... Ma’lumki, ushbu bokschimiz 17 yanvar kuni Andrian Estrella bilan navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Biz muxlislarga Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangidan qanday natija kutmoqdasiz va u chempion Josh Teylor bilan to‘qnash kelishga tayyormi, deya savol bilan murojaat qildik. Quyida ba’zi fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Jalol Ahmedov (Jizzax) – talaba
Shohjahon Ergashevning jangi aslida Kit Hanterga qarshi WBA regular( muntazam) chempionlik jangi eliminator maqomida 10 yanvarda bo‘lishi kerak edi. Ammo, jang Kit Hanter tomonidan jarohat sababli bekor qilindi va qisqa vaqt ichida raqib sifatida unga Andrian Estrella tanlandi. Albatta, bu bokschi ancha tajribali lekin reyting borasida maqtana olmaydi. Shohjahon bilan taqqoslaganda ancha kuchsizroq...
Ochiq jangga kirishmaydigan va hujum vaqtida chuqur himoyaga kirib oladigan bokschi. Menimcha 17 yanvar kungi jang 5 raundgacha cho‘zilmasa kerak. Mazkur to‘qnashuv Ergashevning g‘alabasi bilan yakunlanishini kutmoqdaman. Shu vaznda WBA va IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni 16 ta jang va barchasida g‘alabaga erishgan Josh Teylor bilan ehtimoliy jang haqida to‘htalsak, Teylor keyingi jangini aprelda IBF yo‘nalishida rasmiy da’vogarga, undan so‘ng WBC va WBO chempioni Xose Ramires va Viktor Postol jangi g‘olibiga qarshi mutloq chempionlik uchun o‘tkazishi kutilmoqda. Qolaversa WBA yo‘nalishida ham da’vogar tayyor.
Shundan kelib chiqib, Shohjahon Ergashev va Josh Teylor jangini 2020 yilda tashkil qilishni hech qanday ilojisi yo‘q. Shuningdek, Teylor juda kuchli va texnikasi ancha yuqori bo‘lgan bokschi... Vaziyatga real qarasak Shohjahon hali bu darajadagi jangga tayyor emas! Lekin albatta vaqt davomida o‘z ustida ishlab, bu jangni tashkil qilishga harakat qilib ko‘rish mumkin.
Biz muxlislar ham bundan hursand bo‘lar edik. Bu yerda asosiy ish promouterlarga ham bog‘liq. O‘ylaymizki Salita Promotion asta-sekin saviyali janglar tashkil qilib beradi. Nima bo‘lganda ham biz Shohjahon Ergashevga omad tilaymiz va qo‘llab quvvatlaymiz!
Jasurbek Mamadsoliyev (Qoraqalpog‘iston respublikasi)
Shohjahon Ergashevni navbatdagi ya’ni, Adrian Esterella bilan jangi haqida nima deyishimiz mumkin. Bu jang ham avvalgilaridek muddatidan avval yakunlanish ehtimoli yuqori... Uzog‘i bilan jang 3 yoki 4 raund davom etsa kerak. Endi WBA va IBF chempioni Josh Teylor bilan jang borasida to‘xtalsak, menimcha bu to‘qnashuv hali beri bo‘lmaydi. Ayniqsa, joriy yil buning imkoni yo‘q. Chunki Josh Teylorni ikki yo‘nalishda ham majburiy da’vogar kutyapti. Yana WBC va WBO chempioni Xose Ramires bilan ringga ko‘tarilish ehtimoli bor. Shuning uchun, Shohjahon Josh Teylor bilan tez orada jang qilolmaydi.
Vohid Ismoilov (Andijon) – tadbirkor
Shohjahon bu raqibini ham uzoqqa olib bormaydi. Ikkinchi raundda nokautga uchratadi. Teylor bilan jangga ham tayyor. Unga ham bemalol bas kela oladi. To‘g‘ri, u ajoyib texnikaga ega ekanligi sir emas. Lekin, boksda har qanday voqea yuz berishi mumkin. Albatta, yurtdoshimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. To‘g‘risi, biz ularga motivatsiya, kuch beramiz. Mayli, raqibiga qarshi jangda har qanday hamyurtlarimizni imkoniyati pastroq bo‘lsada, ularga ishonishimizni izhor etasak, qo‘llasak, ularning kuchiga kuch qo‘shiladi. Shohjahon duch kelganini urasan... Gazini bos!
Bekzod Nizomiddinov (Andijon) - talaba
Shohjahon Ergashev Estrellani 6 yoki 7-raundda nokautga uchratsa kerak. Teylor haqida gapirish hozirgi kunda absurd.
Suxrob Bo‘riyev (Qashqadaryo) - talaba
Shohjahon Ergashev va Adrian Estrella jangi haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, katta ehtimol bilan jang to‘liq davom etmaydi. Shohjahon nokaut yoki texnik nokaut bilan g‘alaba qozonsa kerak. Josh Teylor bilan jang borasida to‘xtalsak, Shohjahon 100 foizga tayyor deb hisoblayman.
Dilmurod Erahmedov (Andijon) – injener
Shohjahonni g‘alabasiga ishonaman. Bu raqibini ham muddatidan avval mag‘lub etadi. Josh Teylor esa, anchagina jiddiy raqib hisoblanadi. Albatta, bu jangni tez orada bo‘lishi imkonsiz. Yurtdoshimizning promouterlariga bog‘liq bu masala. Agar, bu jang amalga oshsa, juda xursand bo‘lardik. To‘g‘risi, Shohjahon uslubiga rang-baranglik qo‘sha olsa, bemalol Teylorni ham mag‘lub eta oladi.
Ahmadbek Eshmatov
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi