
Foto: fcbarcelona.es
O‘z o‘yinini namoyish eta olmay, Valverdening o‘rniga yangi murabbiy qidirib yurgan «Barselona» yana bir jiddiy muammoga duch keldi. Jamoaning markaziy hujumchisi Luis Suares 4 oyga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Urugvaylik hujumchi tizzasidagi jarohatini operatsiya qildirdi. U endi to‘rt oydan so‘ng, ushbu mavsumning oxirida safga qaytishi mumkin.
Suares mavsumda 23 o‘yin o‘tkazib, 14ta gol urgan. Shuningdek kshplab golli uzatmalari bilan jamoaning eng sermahsul o‘yinchilaridan biri bo‘lib turgandi. Qolaversa, u Messining hujumdagi eng asosiy tandemi hisoblanadi. Kataloniya klubi uchun bu yo‘qotish murabbiy muammosidan ham og‘riqli kechishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar