
Turkiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Hoqon Shukur Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan oradagi kelishmovchilik sabab hayoti qiyin axvolga tushib qolganini aytdi.
Gap shundaki, u 2016 yil ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat rahbariini keskin tanqid qilgan. Shundan so‘ng sobiq futbolchini terrorchiga chiqarishdi va ushbu ayblovdan qutulish maqsadida u AQSHga qochib ketdi. U San-Fransiskoda kafe ochdi. Biroq, oradan ma’lum vaqt o‘tgach u yerda ham ta’qibga uchradi va kafeni yopishga majbur bo‘ldi. Keyin Vashingtonga ketdi.
Ayni damda u AQSH poytaxtida taksistlik qilmoqda va kitob sotmoqda.
“Meni hech narsam qolmadi. Erdo‘g‘an hammasini tortib oldi. Mendan so‘z erkinligini va ishimni tortib olishdi”, - deydi Shukur.
Ma’lumot uchun, Hoqon Shukur 1992-2008 yillarda Turkiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U 2002 yil Turkiya terma jamoasi safida mundialda bronza medallarini qo‘lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar