22:12 / 15.01.2020
4 744

Shahram G‘iyosov va Bobousmon Baturov... Tokioga yo‘llanma beruvchi turnirga kim borishi aniq bo‘ldi

Shahram G‘iyosov va Bobousmon Baturov... Tokioga yo‘llanma beruvchi turnirga kim borishi aniq bo‘ldi
Bugun, boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqalarga yo‘l oladigan tarkibni aniqlash uchun sparring janglar o‘tkazildi. Xabaringiz bor, bir nechta vazn toifalarida ushbu masala ochiq turgan edi. Shuning uchun ham bugun mazkur janglar tashkil qilindi.

Muxlislar o‘rtasida uzoq tortishuvlarga sabab bo‘lgan vazn 69 kg da Shahram G‘iyosov hamda Bobousmon Boturovlar orasida qay biri tanlanishi ushbu sparringga bog‘liq edi. Afsuski, yopiq tarzda o‘tkazilgan ushbu janglarni bevosita ko‘ra olmaganligimiz sababli ma’lumot olish uchun Shahram G‘iyosov bilan bog‘landik. U:

- Jang bo‘lib o‘tdi. Har uch raundda ham g‘alabaga erishdim. Buni Marat aka ham aytdi. Lekin rahbar chaqirib, yoshlarga yo‘l berishimiz kerakligini, professional boksga ancha moslashib ketganligimni aytdi. “Yaxshisi ushbu yo‘nalishda o‘zingni ko‘rsatib, bayrog‘imizni yuksaklarga ko‘targin, kelganing uchun rahmat, yoshlarga imkon beraylik, xafa bo‘lmaysan”, - dedi.

Albatta, Saken akaga ishonch bildirganlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa, O‘zbekiston sharafini doimo himoya qilishga tayyorman. Nasib qilsa, professional boksda ulkan zafarlar quchib, barchani xursand qilaman degan umiddaman
, - deb o‘z fikrlarini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov va Bobousmon Baturov... Tokioga yo‘llanma beruvchi turnirga kim borishi aniq bo‘ldi