06:30 / 16.01.2020
2 582

Shomurodovga raqobatlik qilayotgan futbolchi APLga o‘tishi mumkin

Shomurodovga raqobatlik qilayotgan futbolchi APLga o‘tishi mumkin
"Krilya Sovetov" klubi hujumchisi Aleksandr Sobolev faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
22 yoshli futbolchiga Rossiyaning SSKA va "Dinamo" klublari ham davogarlik qilishmoqda. Ammo APL klubi ham qiziqish bildirayotgani e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, forvard "Dinamo" klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi. Avvalroq, Sobolev "Dinamo" klubiga o‘tishga juda yaqin kelgani ma’lum bo‘lgandi.
Futbolchining kelajagi shu haftada hal bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bugungi ma’lumotga ko‘ra, Sobolev "Krilya Sovetov"ning Turkiyadagi yig‘iniga bormagan.

Eslatib o‘tamiz, RPLning joriy mavsumida Sobolev va Shomurodov 10 tagan gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida 11 ta gol urgan Dzyubadan keyin, ikkinchi o‘rinni egallab turishipti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovga raqobatlik qilayotgan futbolchi APLga o‘tishi mumkin