Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida chorak final bahsiga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda. MOQ matbuot xizmati jamoamiz hujumchisi Bobir Abdixoliqov bilan guruh bosqichi yakunlari va yigitlarimizning bo‘lajak o‘yinga olib borayotgan tayyorgarligi bo‘yicha suhbat tashkil etdi.
– Guruh bosqichini ko‘ngildagidek o‘tdi deya olasizmi?
– Xudoga shukur, ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqib oldik. O‘yinlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, shuni aytish lozimki, bizning guruhda juda kuchli jamoalar yig‘ilgan edi. O‘yinlarimizdan to‘la ko‘ngil to‘ldi deya olmaymanku, lekin asosiy vazifani uddaladik. Endi keyingi bosqichga tayyorlanyapmiz. Buyog‘iga xato qilib bo‘lmaydi.
– Har bir o‘yinda yurtimizning turli hududlaridan kelgan ko‘p sonli muxlislarimiz sizlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularning shunday qo‘llab turishi qanchalik dalda bo‘lmoqda?
– Bu borada muxlislarimizga katta rahmat aytib qolaman. Biz ularning qo‘llab-quvvatlashlarini his qilib turibmiz. Shuningdek, yurtimizda ota-onalarimiz, millionlab vatandoshlarimiz ham duo qilishmoqda. Biz buni his qilgan holda maydonga tushyapmiz. Ularning bunday qo‘llab turishi bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Xudo xohlasa, mana shunday qo‘llab turishlari ortidan biz Olimpiadaga chiqamiz.
– Mana, chorak final o‘yini ham yaqinlashib kelmoqda. Raqib biz uchun qanchalik tanish?
– Biz BAA jamoasi bilan tayyorgarlik doirasida bir marotaba o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazganmiz. Rasmiy o‘yin bo‘lmagani uchun ular ham, biz ham bor kuchimiz bilan o‘ynamagan edik. Chorak final bitta o‘yindan iborat. Shuning uchun unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Aytib o‘tganimdek, xato qilishga haqqimiz yo‘q endi. Allaqachon o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Raqibning guruh bosqichidagi o‘yinlarini tahlil qilib chiqyapmiz. Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.
Eslatib o‘tamiz, BAA – O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi chorak final o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi