
Foto: The AFC
Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bahslariga start berildi. Dastlabki o‘yinda mezbon Tailand olimpiya jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 78-daqiqasida Abdulloh Al-Hamdan tomonidan 11 metrlik jarima zarbasidan kiritilgan gol Saudiya Arabistoni olimpiyachilarini dastlabki yarim finalchiga aylantirdi. Bugun shuningdek, Avstraliya - Suriya o‘yini ham o‘tkaziladi.
Saudiya Arabistoni turnir yarim finalida BAA - O‘zbekiston jutfligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu yarim final o‘yini 22 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Osiyo chempionati. Chorak final.
18 yanvar. Rangsit.
Saudiya Arabistoni - Tailand 1:0
Gol: Abdulloh Al-Hamdan 78 penaltidan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar