
Faoliyati davomida "Nasaf", "Paxtakor", "Dinamo", "Sho‘rtan" klublarida o‘ynab O‘zbekiston chempionatida jami 500dan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushgan Asror Aliqulov bugungi kunda "Mash’al" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
U Muborak tumani klubini Superligaga qaytardi. 41 yoshli sobiq himoyachi ayni paytdagi eng kuchli himoyachi kim ekanligini aytib o‘tdi.
- Faoliyatingiz davomida siz tan olgan eng yaxshi himoyachi kim?
- Andrey Fyodorovni jonbozligi va sifatli, aqlli futbol namoyish etgani uchun ham tan olaman. U men bilgan eng mahoratli himoyachilardan biri. Fyodorov hech qachon to‘pni ko‘r-ko‘rona tepib yuborishni yoqlamagan. Bugungi kunni yosh himoyachilari undan ko‘p narsalarni o‘rgansa arziydi. U bilan bir davrda birga to‘p teganimdan faxrlanaman.
- Bugungi kunda O‘zbekistondagi eng yaxshi markaziy himoyachi deb kimni ayta olasiz?
- Yegor Krimes. U oxirgi ikki yilda ancha o‘sishga erishdi. Yegor ba’zi yarim himoyachilardan ham yaxshiroq deb uylayman. Markazdan qiladigan yurishlari, foydali va aniq uzatmalari himoyachilarimizga o‘rnak bo‘ladigan darajada. Uni eng yaxshi markaziy himoyachi sifatida ko‘rsata olaman.
Namoz Choriyev yozib oldi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar