
OCHL saralashi doirasida "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov ishtirok etdi.
"Shunday sovuqda stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. "Istiqlol"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun yigitlarim borlarini berishdi, ularga e’tirozim yo‘q. Bittagina jiddiy xavfdan so‘ng gol o‘tkazib yubordik.
Bugungi mag‘lubiyat sharmandali emasmi? Nima uchun? Biz o‘yin borasida ularga yutqazdikmi? Raqibda nechta imkoniyat bo‘ldi? Qaytaraman bugungi o‘yin bo‘yicha futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q.
Kirill Pogrebnyak qanday o‘ynadi? Birinchi taymda u qadar yomon ko‘rinmadi, ikkinchi taymda esa biroz charchab qoldi va uni almashtirdim.
Havodan faqat Bikmayev to‘p uzatdi? Demak buning ustida ko‘proq ishlaymiz.
Murabbiylik salohiyatim past deb o‘ylaysizmi? Siz muxlis sifatida fikrlayapsiz, men esa vaziyatni ichidan bilaman", - deydi Andrey Fyodorov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar