OCHL saralashi doirasida "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmon jamoa bosh murabbiyi Mubin Ergashev ishtirok etdi.
"O‘yin tomoshabop o‘tdi, muxlislarni so‘nggi soniyalarga qadar hayajonda ushlab turdi. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabimizga rahmat aytaman. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman. "Lokomotiv" ham yaxshi jamoa, ammo bu futbol. Biz bugun ikkinchi raqamda o‘ynadik va barchasi rejamiz bo‘yicha kechdi.
Nima uchun ikkinchi raqamda o‘ynadik? Sababi biz safarda o‘ynadik, bundan tashqari "Lokomotiv"da tajriba ham katta. Agar g‘alaba qozongan bo‘lsak, demak qarorimiz to‘g‘ri bo‘ldi.
Raqibga o‘z o‘yinini ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymadik. Bunda o‘z futbolchilarimning ham hissasi katta bo‘ldi.
Saudiya Arabistonida nima uchun g‘alaba qozonmaylik? Hozir barcha futbol o‘ynashni o‘rganib olgan. Shu bois bir haftadan keyin ham "Al Ahli"ni mag‘lub etishga harakat qilamiz", - deydi Mubin Ergashev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi