Osiyo chempionati-U23 3-o‘rin uchun o‘yin oldidan O‘zbekiston hamda Avstraliya jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Lyubinko Drulovich jamoasi g‘alaba qozonishi kerakligini aytdi.
«Bu nafaqat biz uchun, balki butun O‘zbekiston uchun juda muhim o‘yin ekanini his qilib turibmiz. Raqib kuchli, ularda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Avstraliya 4-4-2 taktikasida o‘ynaydi. Nima bo‘lganda ham biz ertaga yutib olimpiadaga chiqishimiz kerak.
Yigitlarda motivatsiya katta. Hamma ertangi o‘yinning ahamiyatini bilib turibdi. Bizga mag‘lubiyatdan so‘ng olimpiadaga chiqish uchun yana bir imkon berildi. Bundan ortiq motivatsiya bo‘lishi mumkinmi? Biz o‘z imkoniyatlarimiz yuqori ekanini ko‘rsatishimiz kerak.
Kim yaxshiroq ekanini futbolchilar maydonda ko‘rsatishadi. Biz individual jihatdan yaxshiroqmiz va yigitlar buni maydonda ko‘rsatishlari kerak. Saudiya bilan o‘yinda ham juda ko‘p hujum qildik, lekin gol ura olmadik.
Doston U19 musobaqasida Avstraliyaga ikkita gol urgandi? Balki u ertaga ham gol urar, balki yana ikkita gol urar. Doston hozir yaxshi holatda. Ishoning, bu umuman boshqacha darajadagi o‘yin. Ertaga har ikki jamoa uchun qiyin bo‘ladi»,— dedi Lyubinko Drulovich. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi