
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini ertaga mas’uliyatli uchrashuv kutmoqda. Avstraliyaga qarshi kechadigan o‘yindagi g‘alaba olimpiyadaga yo‘llanma beradi.
Umuman olganda mazkur yosh toifasidagi futbolchilar bu yurt vakillariga qarshi mag‘lub bo‘lishmagan. 2012 yil ham Vadim Abramov boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz Toshkentda avstraliyalik tengqurlarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrata olishgan.
Bu ishni yana bir bor uddasidan chiqish galdagi avlodning vazifasi hisoblanadi. O‘z vaqtida turli yoshdagi terma jamoalarimizning yetakchisi bo‘lgan Fozil Musayev bo‘lajak o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ochig‘i hamma bahslarni kuzatishning imkoni bo‘lmadi. Lekin, tomosha qilgan uchrashuvlarimda bollar yaxshi o‘ynashdi. Saudiya bilan yomon to‘p tepishmadi. Shaxsan menga o‘yin manzur bo‘ldi. Ertangi raqib Avstraliya haqida biror narsa deya olmayman. Men faqat o‘zimizning futbolchilarga omad tilayman. Zaxiradagi o‘yinchilardan faqat Sharof Muhitdinovni yaxshi bilaman.
"Nasaf"da birga o‘ynaganman. Qaysidir pozitsiyaga qo‘yib, o‘yinni kuchaytirish mumkin. To‘g‘risi ozgina omad kelganida Saudiya Arabistonini yutgan bo‘lardik. Nima uchun hal qiluvchi pallada mag‘lub bo‘lamiz? Demak, yana ham ko‘proq ishlash kerak", - dedi tajribali futbolchi Fozil Musayev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar