19:26 / 28.01.2020
2 383

Eriksen «Inter» futbolchisiga aylandi

Eriksen «Inter» futbolchisiga aylandi
«Tottenhem» yarimhimoyachisi Kristian Eriksen «Inter» futbolchisiga aylandi. Bu haqda klubning «tvitter»dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Daniyalik 27 yoshli futbolchi va klub o‘rtasida 2024 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolangan. Kelishuv shartlari hozircha ma’lum qilingani yo‘q.

Oldinroq, «Tottenhem» va «Inter» futbolchining transferini 20 million yevroga kelishgani, undan 2 million yevro futbolchini tarbiyalagan «Ayaks» klubi hisob raqamiga o‘tkazilishi haqida xabar qilingandi. U 2013 yilda «Ayaks»dan London klubiga o‘tgandi, uning «shporlar» bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha tuzilgandi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi yangi klubida yiliga 10 million yevro miqdorida maosh oladi, u bu orqali A Seriyada Krishtianu Ronaldudan keyingi ikkinchi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘ladi.

Joriy mavsumda Eriksen «Tottenhem» barcha turnirlar doirasida 28 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol urgan va 3 golga uzatma bergandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eriksen «Inter» futbolchisiga aylandi