
“Match Premer” telekanali tomonidan har yili o‘tkazib kelinadigan Parimatch Premer Kubogining ilk tur uchrashuvi “Spartak” hamda “Rostov” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsda "Spartak" futbolchilarining qo‘li baland keldi. Moskvaliklar tarkibida Reziuan Mirzov dubl qayd etdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida "Rostov" futbolchilari hisobni qisqartirishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ("Rostov") o‘yinning birinchi bo‘limida to‘liq harakatlandi va ikkinchi bo‘lim avvalida zahiraga olindi.
Parimatch Premer Kubogi
«Spartak» — «Rostov» — 2:1
Gollar: Mirzov, 49 (1:0). Mirzov, 75 (2:0). Xadjikadunich, 89 (2:1).
«Spartak»: Maksimenko (Rebrov, 46), Rasskazov (Yeshenko, 46), Kutepov (Jigo, 46), Djikiya (Gaponov, 46), Maslov (Markitesov, 46), Ayrton (Melgarexo, 46), Zobnin (Til, 46), Bakalyuk (Kral, 46), Guliyev (Bakayev, 46), Shyurrle (Glushenkov, 46), Ponse (Mirzov, 46).
«Rostov»: Pesyakov (Baburin, 46. Sedov, 49), Kozlov (Logashov, 46), Osipenko (Dolgov, 46), Chistyakov (Cherkes, 46), Vedernikov (Chernov, 46), Saplinov (Zaynutdinov, 46), Normann (Yeremenko, 46), Mamayev (Popov, 46), Osinov (Proshlyakov, 46), Bayramyan (Kojemyakin, 46), Shomurodov (Xadjikadunich, 46).
Ogohlantirishlar: Shyurrle, 8. Djikiya, 11. Normann, 44.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar