
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Parimatch Premer Kubogining 2-turi doirasida “Rostov” Serbiyaning “Partizan” klubiga qarshi to‘qnash keldi.
Uchrashuvni zaxiradan boshlagan Eldor Shomurodov 19-daqiqada Matias Normanning o‘rniga maydonga tushdi. Shundan keyin, bo‘lim o‘rtalarida Eldorning sa’y-harakatlari evaziga Pavel Mamayev hisobni ochdi. 2-taym boshida Aleksandr Dolgov oradagi farqni oshirdi. 73-daqiqada esa Shomurodov bosh bilan gol urib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0. Bu o‘zbekistonlik hujumchining joriy yildagi ilk goli bo‘ldi.
Asosiy bo‘limning oxirlarida “Partizan”ning nigeriyalik futbolchisi Umar Sodiq raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi va o‘yin 3:1 natijasi bilan yakunlandi.
"Partizan" (Serbiya) – "Rostov" (Rossiya) – 1:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – Mamayev (32), 0:2 – Dolgov (57), 0:3 – Shomurodov (73), 1:3 – Sodiq (87, penalti).
"Rostov": Pesyakov, Kozlov (Logashov, 60), Xadjikadunich (Chistyakov, 48), Osipenko (Kojemyakin, 60), Chernov (Vedernikov, 72), Yeremenko (Livadnov, 83), Normann (Shomurodov 19), Popov (Bezrukov, 72), Mamayev (Saplinov, 60), Zaynutdinov (Osinov, 67), Bayramyan (Dolgov, 48). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar