Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi qisqa ta’tildan so‘ng, kechadan yana mashg‘ulotlarga kirishdi.
Birinchi kun futbolchilar tiklanish mashqlarini bajarishgan bo‘lsa, bugun to‘p bilan muomalada bo‘lishdi va odatdagidek o‘yinni shakllantirish ustida ishlashdi. Klubni avval xabar berilganidek Murod Xolmuhammedov tark etgan, legionerlar hozircha shu yerda.
Shuningdek, olimpiya terma jamoasi bilan Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan besh futbolchi Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Abdulla Abdullayev, Nurillo To‘xtasinov, Mirjahon Mirahmadov to‘liq tartibda shug‘ullanishdi. “Al Zavra” bilan bahsda jarohat olgan turkmanistonlik legioner Selim Nurmuradov individual tarzda mashqlarni bajardi. Quvnoq kayfiyatda o‘tgan “qaldirg‘ochlar”ning navbatdagi mashg‘ulotidan keyin bosh murabbiy Vadim Abramovdan saytimiz uchun intervyu oldik.
“Biz uchun omadsiz o‘tgan o‘yindan keyin yana mashg‘ulotlarni boshladik. "O‘rnimizdan turib" maqsadimiz sari intilishda davom etamiz”, - deya gap boshladi Vadim Karlenovich.
- To‘g‘risi, yanvar oyi klublarimiz uchun ham, olimpiya terma jamoamiz uchun ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bunday sharoitda ularni ruhiyatini va kayfiyatini ko‘tarish qiyin bo‘lishi tabiiy...
- Bu futbol. Yaxshisi mag‘lubiyatlarni tezroq unutishimiz va yangi mavsumga hozirlikni davom ettirishimiz kerak. G‘alaba va mag‘lubiyat hamisha birga yuradi.
- Matbuot anjumanida agar guruh bosqichiga chiqa olmasak legionerlar jamoani tark etadi degan edingiz. Ko‘ryapmizki ular bilan hali xayrlashilgani yo‘q...
- Ha aytgandim. Ko‘ramiz ularni mahalliy futbolchilar bilan solishtiramiz. Legionerlar jamoamizda qolishni istaydimi, yo‘qmi? Bizning o‘zimizga yarasha talablarimiz bor.
- Keyingi haftada O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inni boshlaydi. Kengaytirilgan tarkibdan o‘tgan oy Osiyo chempionatida qatnashgan futbolchilar ham joy oladimi? Ko‘z ostingizga olib qo‘ygan o‘yinchilar bormi terma jamoaga munosib?
- Yaqin kunlarda tarkibni e’lon qilamiz. Albatta, olimpiya terma jamoasi a’zolari ham chaqiriladi. Boisi, ular milliy jamoaga moslashishlari lozim. Ular termamizning kelajagi. Garchi Olimpiadaga chiqa olishmagan bo‘lishsa ham yuqori darajadagi futbolchilar yetarli. Belarus bilan bellashuv foydadan holi bo‘lmasligi aniq.
- FIFA kunlari doirasida o‘tkazilmayotganini inobatga olsak, demak mazkur yig‘inda faqat mahalliy futbolchilar qatnashadi...
- Ha. Xorijda o‘ynayotgan futbolchilarni jalb qila olmaymiz. Legionerlar keyingi yig‘inda qo‘shiladi.
- Qishki transferlar oynasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. “Bunyodkor”ning muhim figuralaridan Javohir Qahramonov, Sanjar Tursunov, Xurshid G‘iyosov boshqa klublarga yo‘l oldi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Oddiy qarayman. Ular qayer yaxshiroq bo‘lsa o‘sha klubga ketishdi. Hayot davom etadi. Batafsil muhokama qilmoqchi emasman. Umuman olganda yangi qo‘shilgan futbolchilar o‘zlarini astoydil ko‘rsatishga harakat qilishmoqda.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...