
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 18-24 fevral kunlari BAAda navbatdagi yig‘in o‘tkazadi.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida terma jamoamiz Belarus milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga "Nasaf"ning besh nafar futbolchisi chaqirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Bular Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov, Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqovlardir. Bundan tashqari jamoaning massajchisi Andrey Bezborodov ham terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar