18:53 / 08.02.2020
2 982

Abramov: «Milliy jamoaga 22 futbolchi taklif etilgan, «Paxtakor» futbolchilari chaqirilmaydigan bo‘ldi»

Abramov: «Milliy jamoaga 22 futbolchi taklif etilgan, «Paxtakor» futbolchilari chaqirilmaydigan bo‘ldi»
18-24 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadigan O‘zbekiston milliy jamoasi 23 fevral kuni Belarus milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Ushbu yig‘in oldidan O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Kun.uz sayti muxbiriga intervyu berib, bo‘lajak yig‘in va o‘rtoqlik o‘yindagi tarkib borasida savollarga javob berdi.

- Vadim Karlenovich, BAAdagi yig‘in oldidan O‘zbekiston milliy jamoasining tarkibini aniqlab oldingizmi?
- Tarkibni aniqlab olganman. O‘zbekiston milliy jamoasining yig‘iniga 22 futbolchidan iborat tarkibni ro‘yxatini tuzganmiz. Ular orasidan 3 nafar darvozabon, 19 nafar o‘yinchilar joy olgan.

- To‘liq tarkibni ayta olasizmi?
- Buni men e’lon qilishim biroz noto‘g‘ri bo‘ladi. Tez orada O‘FA matbuot xizmati e’lon qiladi.

- Aksariyat Superliga klublari o‘z futbolchilarining milliy jamoaga chaqirilgani borasida xabarlar berdi...
- Dastlabki ro‘yxatimizdan keyin o‘zgarishlar qilindi. Misol, uchun BAAdagi yig‘inimizda «Paxtakor» futbolchilari ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Biz ularning Osiyo chempionlar ligasi doirasida 2-turda muhim o‘yin o‘tkazishlari, keyin esa 22 fevral kuni Moskvada «Spartak» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishlari borasidagi murojaatlarini to‘g‘ri qabul qildik. Bu normal holat.

- Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘inda o‘sha mamlakat chempionatida to‘p surayotgan Otabek Shukurov taklif etilganmi?
- Otabek Shukurovni milliy jamoaga chaqirmoqchi edik, ammo uning ham «Sharja» bilan muhim o‘yinlari bor. U klubi safida OCHL, mamlakat kubogi va chempionat doirasida o‘yinlarda maydonga tushishi bois, BAAdagi yig‘inda uni chaqira olmaymiz.

- O‘zbekiston olimpiya jamoasi yetakchisi, yaqinda BAA Premer-ligasi klubiga o‘tgan Aziz G‘aniyev-chi?
- Azizni ham chaqirmoqchi edik. Biroq, uning ham klubi OCHL va chempionat doirasidagi o‘yinlarini o‘tkazadi. Shu bois, uning ham xizmatidan foydalana olmaymiz. Yig‘inimiz FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmasligi bois, klublardan futbolchilarni chaqirish qiyin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vadim Abramov milliy jamoa yig‘iniga «Qatar SK» klubi futbolchisi Sardor Rashidovni ham jalb etmoqchi bo‘lgani, ammo uning klubi safidagi muhim o‘yinlari bois, chaqira olmasligini ma’lum qilgandi.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov: «Milliy jamoaga 22 futbolchi taklif etilgan, «Paxtakor» futbolchilari chaqirilmaydigan bo‘ldi»