OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Shabab Al Ahli” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.
“Birinchi navbatda barchani tabriklayman. OCHLning ilk o‘yinida jamoa yaxshi o‘ynab g‘alaba qozonsa bu barchani quvontiradi. Ayniqsa muxlislarga rahmat aytaman. Bunday havoda oxirigacha stadionda turib bizni qo‘llab quvvatlashganiga rahmat. Yomg‘ir uchrashuv boshidan oxirigacha tinmadi. Yigitlarga ham rahmat deyman, sababi yomg‘irda o‘ynash juda og‘ir. “Paxtakor” suv polosini yaxshi o‘ynashini bilmas ekanman (kuladi), - deydi Shota Arveladze.
“Bilgandik qiyin o‘yin bo‘lishini. Yomg‘ir biroz xalal berdi. Shuncha muxlislar hurmati g‘alaba qozonishimiz shart edi. O‘tgan mavsum OCHLda o‘z maydonimizdagi yo‘qotilgan ochkolar yetmay qolgandi, shu bois bu yil guruhdagi barcha uy o‘yinlarida g‘alaba qozonishimiz kerak. OCHLda rahbariyat oldimizga katta vazifa qo‘ygan”, - dedi Masharipov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»