Klopp APLda “Oy murabbiyi” mukofotini olish bo‘yicha Gvardiolani ortda qoldirdi. Keling, ikkala murabbiyni solishtirib ko‘ramiz.
Faoliyat. Gvardiola (13 yil) vs Klopp (19 yil)
Pep faoliyatini 2007 yilda boshlagan. Ilk jamoasi “Barselona B” bo‘lgan va bir yildan so‘ng Kataloniyaning asosiy jamoasini boshqargan va o‘z tarixini o‘chmas qilib yoza boshladi. “Barsa”dan keyin “Bavariya” va “Man Siti”larni boshqardi. O‘zi ishlagan jamoalari o‘z chempionatlarining yetakchilari hisoblanishgan va har bir ishlagan jamoasida eng kami 2 martadan oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Pep Kloppdan farqli ravishda doim grand jamoalarni boshqargan. Uning qo‘l ostida doim yulduz futbolchilar jamlangan.
Kelasi yil murabbiylik faoliyatini boshlanganiga 20 yil bo‘lishiga qaramasdan Klopp ham shu paytga qadar 3 ta jamoani boshqargan. Gvardiola “Barsa” tarixini Xavi, Iniyesta, Messi kabi futbolchilar bilan yozishni boshlagan bo‘lsa, Kloppda bunday imkoniyat bo‘lmagan. Yurgenning ilk jamoasi “Mayns” bo‘lgan va jamoa ikkinchi Bundesligada edi. Bir necha yildan so‘ng jamoani elitaga olib chiqqan. Keyin esa 7 yil mobaynida Dortmundning “Borussiya”sini boshqardi. Aynan Dortmundda u top klassdagi murabbiy maqomiga erishdi. 2015 yilda esa “Liverpul”ni qabul qilib oldi.
Jamoaviy sovrinlar. Gvardiola vs Klopp = 28:8
Jamoaviy sovrinlar bo‘yicha Pep raqibidan 3,5 baravar yuqorida. Yurgen 8 ta finaldan 2 tasini yuta olgan, milliy chempionatni esa 2 marta qo‘lga kiritgan Dortmundning “Borussiya”si bilan. Xosep esa “Barsa”, “Bavariya”, “Manchester Siti” bilan birga 8 marta oltin medalni qo‘lga kiritgan. Pep 2 marta Chempionlar ligasida zafar quchgan va xuddi shunchadan UYEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Nemis murabbiyi esa bir marta Chempionlar ligasi shohsupasini zabt etgan.
“Sarflangan pullar” Gvardiola (1,15 mlrd yevro) vs Klopp (648 mln yevro)
Har bir sovrinning o‘ziga xos “narxi” bor. Pep va Klopp ishlagan jamoalar futbolchilari uchun qancha pul sarflashgan? Qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun albatta mahoratli futbolchilarni olib kelish kerak. Agar hisoblaydigan bo‘lsak, har bir sovrin uchun Gvardiola jamoasi 41 mln yevro, Klopp jamoasi esa 81 mln yevro sarflagan. Klopp 2 baravar oldinda. Lekin Yurgen 7 yil “Mayns”da ishlaganini, “Borussiya” o‘rtamiyona jamoa paytida murabbiylik postiga kelganini hisobga olish kerak. Pep qo‘l ostida esa shundoq ham yulduz futbolchilar bo‘lgan (Messi, Xavi, Iniyesta, Buskets, Pike, Alvesh, Myuller, Robben, Riberi, Noyer, Aguyero, De Bryune, Sterling va boshqalar) Shuning uchun Pep futbolchi sotib olishga bosh qotirmagan.
Sotib yuborilgan futbolchilarga ko‘ra esa ikkala murabbiy deyarli teng ko‘rsatkich qayd etib turibdi. Yurgen Klopp qo‘l ostidagi futbolchilar 462 mln yevroga sotilgan bo‘lsa, Gvardiola qo‘l ostidagila esa 450 mln yevroga sotib yuborilgan. Lekin qo‘yib yuborilgan futbolchilarga qaraydigan bo‘lsa, Pep asosan jamoa uchun ortiqcha bo‘lib qolgan va yoshi o‘tib qolgan futbolchilar bilan xayrlashgan. Yurgen esa qimmatli futbochilaridan ajralishga to‘g‘ri kelgan. Masalan, Koutino, Kagava, Shaxin kabilar. Pep esa o‘zining asosiy futbolchilarini sotish muammosiga duch kelmagan.
O‘zaro o‘yinlar. 18 ta = 9 ta g‘alaba Kloppda 2 ta durrang va 7 ta g‘alaba Gvardiolada. Gollar: 26-26
Klopp Gvardiolaning eng noqulay raqibi hisoblanadi. Pep faoliyati davomida hech bir murabbiy bilan Kloppga qarshi o‘ynaganchalik ko‘p o‘yin o‘tkazmagan. O‘zaro o‘yinlar soni 20 ga yaqinlashyapti deyarli. Bu ko‘rsatkichga shu mavsumni o‘zidayoq yetish mumkin. Agarda, “shaharliklar” va “qizillar” faqat APLda emas, Angliya Kubogi va Chempionlar ligasida to‘qnash kelishsa.
Individual sovrinlar
Gvardiola 2 marta dunyoning eng yaxshi murabbiyi va 2011 yilda FIFA so‘rovnomasi bo‘yicha yil murabbiyi bo‘lgan. Klopp esa 2019 yilda dunyoning eng yaxshi murabbiyi sovriniga ega bo‘ldi. Xosep 2 marta APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi (2017/18 va 2018/19) bo‘lgan bo‘lsa, Klopp esa bunday natijaga erishgani yo‘q. Katta ehtimol bilan shu mavsum oxirida bu natijaga erishishi mumkin. APLda “Oy murabbiyi” sovrini bo‘yicha esa Klopp oldinga chiqib oldi. Unda 8 ta bo‘lsa, ispan murabbiyida 7 ta bunday sovrin mavjud.
Erkinjon G‘aybullayev
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»