06:00 / 11.02.2020
4 217

O‘zbekistonlik sportchi Myanmaning eng kuchli jangchisini mag‘lub etdi (foto)

O‘zbekistonlik sportchi Myanmaning eng kuchli jangchisini mag‘lub etdi (foto)
31 yanvar kuni Myanma(Birma)da Birma boksi bo‘yicha jang kechasi tashkil etildi. Quvonarlisi, ushbu turnirda o‘zbekistonlik taniqli muaytay ustasi Naimjon To‘xtaboyev ham ringga ko‘tarildi. Mazkur jang 75 kg da bo‘lib, chempionlik kamari uchun edi. Ya’ni, yurtdoshimiz World Letvey Champion kamariga da’vogar sifatida amaldagi chempion hisoblanuvchi, mezbonlarning eng mashhur va kuchli sportchisi Tutuga qarshi jang qildi va ochkolar hisobida ustun keldi.

Ma’lumki, Naimjon ushbu yurtda bir necha bor jang o‘tkazgan. Jumladan, faqat nokautlar evaziga g‘alaba qozonuvchi turnirlarda ham ishtirok etgan. To‘xtaboyev va Tutu o‘rtasidagi ushbu jang birinchisi emasdi. Ular muaytay bo‘yicha 2014 yil ham Tailandda "Qirol kubogi"da o‘zaro to‘qnash kelgan va unda ham hamyurtimizning qo‘li baland kelgandi.

Eslatib o‘tamiz: Mazkur sport turi janubiy-sharqiy Osiyoda mashhur bo‘lib, juda xavfli sport turlaridan biri hisoblanadi. Misol uchun, Birma boksida yiqitish va bosh bilan ham zarba berish mumkin. Qolaversa, qo‘lqoplarsiz jang qilinadi.



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik sportchi Myanmaning eng kuchli jangchisini mag‘lub etdi (foto)