O‘zbekiston milliy jamoasi hamda Toshkentning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Sardor Mirzayev legionerga aylandi. Mirzayev faoliyatini Tailandning «Muangtong Yunayted» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar qilgan.
Tailandda «MYU» deb ham yuritiladigan «Muangtong Yunayted» mamlakat yuqori divizionida harakat qiladi. 15 fevral kuni «Muangtong Yunayted» Tailand chempionati 1-turida «Bangkok Glass» jamoasi mehmoni bo‘ladi.
1991 yil 21 mart kuni tug‘ilgan Sardor Mirzayev faoliyatini Farg‘onaning «Neftchi» klubida boshlagan. 2014 yildan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgan Mirzayev ilk marta xorij klubiga o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»