
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda "Tottenxem" ustozi Joze Mourinoning sochlarini oldirib tashlagan holdagi surati tarqalgan edi.
"Shporlar" bosh murabbiyi o‘zining yangi soch turmagi haqida gapirib o‘tdi.
"Ba’zida men sovuq havoni yaxshiroq his qilishni, ba’zida hayotimdagi ayrim narsalarni o‘zgartirib turishni yoqtiraman. Lekin bu safar ushbu holatga ikkala sabab ham ta’sir ko‘rsatmadi. Sartarosh stoliga o‘tirganimda meni uyqu bosadi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Ko‘zimni ochganimda oynada "special one" yo‘q. Yigitlar biroz e’tiborsizlik qilishibdi. Umid qilamanki, sochlarim tez orada yana o‘sa boshlaydi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "Tottenxem" o‘zining navbatdagi uchrashuvini 15 fevralda, mehmonda "Aston Villa"ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing