3 382
Murodjon Ahmadaliyevning jahon chempionlik kamari himoyasi uchun jangi Toshkentda bo‘lib o‘tadi
Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA Super va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) o‘zining navbatdagi himoya jangini Toshkentda o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmadaliyev IBF yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion, 2019 yilning mart oyidan buyon majburiy da’vogar bo‘lib turgan Ryosuke Ivasaga qarshi jang o‘tkazishi kerak bo‘ladi. IBF chempion vakillarini majburiy himoya bo‘yicha ogohlantirgan. Tez orada mazkur jangni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
Murodjon Ahmadaliyevning promouterlari jangni Toshkentda tashkil qilishni reja qilgan. To‘qnashuv muddati bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmagan, ammo katta ehtimol bilan u yoz oyi boshlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Jang Humo Arena ko‘p tarmoqli sport inshootida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev 30 yanvar (Toshkent vaqti bilan 31 yanvar tongida) kuni Daniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida g‘alaba qozongan va O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita jahon chempionlik kamariga ega chiqqandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»