
UFC ning yengil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov, Xabib Sherdog veb-saytining vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi MMA jangchilar reytingini boshqarayotgnaligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Reytinglar o‘zgarmoqda, bizning vazifamiz birinchi o‘rinda turish. 2003-2008 yillarda Fyodor Yemelyanenko 1-3 o‘rinni egallab, dunyo reytingini boshqargan.
Endi Rossiyada ushbu estafetani davom ettiradigan juda yaxshi jangchilar bor. Petr Yan, Islom Maxachev, Zabit Magomedsharipov, Magomed Ankalayev va Aleksandr Volkov.
Men Rossiyaning istiqbolli, iqtidorli, yosh jangchilaridan mamnunman", - dedi Nurmagomedov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar