Ayni paytda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Navbahor” jamoasida seleksiya ishlari hamda nazorat uchrashuvlari davom etmoqda. Rejaga muvofiq namanganliklar 12 fevralda Ukrainaning “Kolos” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Lekin mazkur bahsda darvozalar dahlsiz qoldi – 0:0. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Navbahor” tarkibida maydonga tushganlar: O‘tkir Yusupov, Tornike Jimsheleishvili, Igor Golban, Xurshid Muxtorov, Amirbek Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Islom Rashidxonov, Ivan Solovyov, Abbos G‘ulomov, Aziz Turg‘unboyev, Zabihillo O‘rinboyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirkomil Lokayev, G‘iyos Komilov, Ruslan Bolov, Javlon Ibrohimov, Islom Isoqjonov, Abdulhay Ismoilov.
Tarkibga e’tibor bergan bo‘lsangiz, bir qator yangi futbolchilarni murabbiylar sinovdan o‘tkazishmoqda. Gruziyalik futbolchi Tornike Jimsheleishvili ham sinovdan o‘tkazish uchun taklif qilingandi. Ammo uning “Kolos”ga qarshi o‘yinidan keyin murabbiylar ushbu legionerga javob berib yubordilar. Shuningdek, tarkibga Samarqandning “Dinamo” klubidan himoyachi Mirkomil Lokayev jalb etilgan. Hozircha u ko‘rikdan o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” chempionatning dastlabki turini 27 fevral kuni Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi