13:23 / 14.02.2020
2 992

Bir kun qolganda Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi

Bir kun qolganda Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi
Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) 14 fevral (Toshkent vaqti bilan 15 fevral tongida) kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergandik. Sportchining xabar berishicha, jangga bir kun qolganida raqib o‘zgargan.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar jang chempionlik kamari uchun kechishini hisobga olib, super o‘rta vazn, ya’ni 76,2 kgdan oshirmagan holda vazn o‘lchash marosimidan o‘tish bo‘yicha kelishib olishgan, ammo jangga yaqin yetarlicha vazn tashlay olmagan Marko Antonio Periban kerakli vaznga tushish uchun ortiqcha urinib yuborgan va taroziga chiqishdan oldin o‘zini yomon his qilib, shifoxonaga tushib qolgan.

Bektemirning menejerlari uning uzoq vaqtdan buyon jangga tayyorgarlik ko‘rganini hisobga olib, boks oqshomi tashkilotchisi Oskar de la Hoyya va GoldenBoy promouterlik kompaniyasiga istalgan boshqa raqibni (175 fut, 168 fut vaznlardan) topib berishlarini so‘ragan. Natijada shu vaqtga qadar o‘rta vaznda faoliyat olib borayotgan meksikalik bokschi Oskar Kortes (27-5, 14 KO) Bektemirga qarshi ringga chiqishga rozi bo‘lgan.

Jang komissiyasi jang o‘tkazilishiga ruxsat berishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, Bektemir vazn o‘lchash marosimida 167,4 fut (75,9 kg) tosh bosgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bir kun qolganda Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi