Jismoniya tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Nodir Murodov
Foto: AOKA
O‘zbekistonda bukmekerlik kontoralari faoliyati qonuniy yo‘lga qo‘yilgach, o‘zbek sportida sog‘lom raqobat muhiti vujudga keladi. Hozir dunyoning 150 dan ziyod davlatida bukmekerlik nazorat ostida faoliyat yuritsa, O‘zbekiston ular orasida 89-o‘rinda turibdi. Bu haqda 13 fevral kuni AOKAda Jismoniy tarbiya va sport hamda Qurilish vazirliklari ma’sullari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Tadbirda jurnalistlar «O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilsa, bu orqali mamlakatda sog‘lom sport iqlimi vujudga keladimi?», degan savoliga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiylari shunday javob berdi:
«Bukmekerlik natijasida albatta, sog‘lom iqlim paydo bo‘ladi. Buni hosil bo‘lishi siz bilan bizga bog‘liq. Tan olish kerak, butun dunyoda bu narsa bor. Mazkur tizimga 2021 yildan o‘tish nazarda tutilgan. Masalan, sport lotoreyasi haqida ko‘p gapiramiz. Ushbu lotoreya qadimdan bo‘lgan, hozir ham mavjud. Rivojlangan davlatlar, qo‘shni mamlakatlarga qaranglar, hammasida sport lotoreyalari bor. Bu lotoreya orqali faqat odamlarni pulini olish emas, balki, ularni qiziqtirish, rag‘batlantirish ham asosiy maqsad sanaladi.
Qonunchilikka ko‘ra, bundan tushgan pulning 51 foizi mukofot fondiga ketadi. Qolgani esa soliq va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan.
Prezident farmoni bo‘yicha Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Investititsiya va tashqi savdo, Moliya, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan. Bular bo‘yicha ham siz OAV vakillarini boxabar qilamiz va birgalikda ijobiy tomonlarini ko‘rsatib beramiz», – dedi vazir o‘rinbosari Nodir Murodov.
Vazirlik matbuot xizmati rahbari Otabek Eshmamatovning fikricha, bukmekerlikning qonuniy yo‘lga qo‘yilishidan maqsad – undan tushadigan mablag‘lar evaziga Respublika sportini rivojlantirishdir.
«Bukmekerlik shu paytga qadar qonuniylashtirilmagan edi. Hozir qonuniy ruxsat berildi. Ayni paytda mexanizmlari ishlab chiqilyapti va bu keyingi yildan joriy etiladi. Ammo shu kungacha ruxsat berilmagan taqdirda ham odamlarimiz baribir o‘ynab kelyapti.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 150 dan ortiq mamlakatda bukmekerlik nazorat ostida faoliyat yuritsa, O‘zbekiston ular orasida 89-o‘rinda. Ya’ni juda katta miqdordagi mablag‘imiz bugun chetga chiqib ketyapti. Undan chet ellik sarmoyadorlar, investorlar va boshqalar daromad ko‘ryapti. Biz mana shu mablag‘larni o‘zimizda saqlab qolish va undan tushadigan foydadan mamlakat sportini rivojlantirishni ko‘zda tutgan holda, bukmekerlik faoliyatiga yo‘l ochishni rejalashtirganmiz», – dedi Otabek Eshmamatov.
Jismoniya tarbiya va sport vazirligi matbuot kotibi Otabek Eshmamatov
Foto: AOKA “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi