19:14 / 15.02.2020
3 308

Husniddin Aliqulov: "Milliy terma jamoaga foydam tegishini istayman"

Husniddin Aliqulov: "Milliy terma jamoaga foydam tegishini istayman"
Vadim Abramov ustozligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18-24 fevral kunlari BAAda yig‘in o‘tkazadi.
Bosh jamoamiz 23 fevral kuni Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ushbu yig‘inga "Nasaf" jamoasining iste’dodli himoyachisi Husniddin Aliqulov ham chaqirildi. Yaqindagina Tailand yashil maydonlarida o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishonchli o‘yin namoyish etgan futbolchi O‘FA rasmiy saytiga milliy jamoadan chaqiruv olganidan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqiruv olganimdan juda ham xursandman. Har bir o‘yinchi milliy termada o‘ynashni, vatani jamoasiga foydasi tegishini istaydi. Men ham hamisha bosh jamoamizda to‘p tepishni istaganman.

Olimpiya terma jamoasi safida o‘ynagan paytimizda ham bor iste’dod va mahoratimizni ishga solishga harakat qildik. Endi esa milliy terma jamoa uchun ham foydali futbolchi bo‘lishga urinamiz. O‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, milliy terma jamoamizdan muqim o‘rin olishga harakat qilaman
".

Manba: O‘FA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husniddin Aliqulov: "Milliy terma jamoaga foydam tegishini istayman"