Toshkentdagi "Orient Finans Bank" majlislar zalida "Lokomotiv" yangi mavsum oldidan o‘z tarkibiga qo‘shib olgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.
Ushbu tadbirni "Lokomotiv" bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov hamda bosh murabbiy Andrey Fyodorov ochib berishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
To‘labek Akramov: - Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Chempionatdagi jamoalarga omad tilayman. "Lokomotiv" 2019 yilning dekabridan buyon yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdi. Bu biz uchun OCHL pley-off bahsiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi kerak edi. Afsuski, o‘yinda omadimiz kelmadi. Alamli mag‘lubiyatga uchradik. Umuman olganda, jamoamiz shundan so‘ng bir necha sinov-nazorat o‘yinlarini o‘tkazdi. Xatolar ustida ishladik, murabbiylar shtabi ham muammolarni ko‘rib chiqishdi.
Andrey Fyodorov: - Xayrli kun. "Lokomotiv" ushbu mavsumda umuman boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Jamoamiz matbuot ko‘z o‘ngida yangi mavsumga tayyorlandi. Jamomiz yana yangicha ko‘rinish olmoqda. Garchi ko‘plab futbolchilar jamoani tark etib, yangilar olingan bo‘lsa-da, mavsumdagi vazifalarimiz o‘zgarmaydi. Yangi futbolchilarning sifatlari anchagina yuqori va ular jamoani kuchaytira olishadi. Biz yig‘inlar davomida yoshlik va tajribani uyg‘unlashtirishga intildik. Jamoani kim boshqarsa ham, kimlar o‘ynasa ham, bizning maqsadlarimiz o‘zgarmaydi. Sovrinlar yutish - "Lokomotiv"ning asosiy vazifasi.
- "Lokomotiv"ni qishda Islom To‘xtaxo‘jayev tark etgandi. Xitoydagi muammolar sabab uning klub bilan shartnomasi bekor qilingan deb eshitdim. U "Lokomotiv"ga qaytishi mumkinmi?
- Islom dekabrda Xitoyga ketgandi. U borasidagi vaziyatni kuzatib boryapmiz. U jamoamiz tarkibida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Hozirda ham u Xitoy chempionatining boshlanishini kutyapti. U o‘z kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rishini qattiq istamoqda.
- Sobiq futbolchilarning yana jamoaga qaytarishga nima sabab bo‘ldi?
- Ularning mahorati. Jamoaga tajribali futbolchilar kerak. Boshida aytgandim, bizga tajribali va yoshlik o‘rtasidagi balans kerak. Ular o‘yindagi holatni ushlab tura olishadi.
- Tojikistonlik futbolchi borasidagi ish qanday yakun topdi?
- Alisher Jalilov bilan muzokaralar olib bordik. U bilan maoshini kelisha olmadik. Oybekni biz ancha vaqtdan buyon kuzatib bordik. U hozirda o‘zining yuqori jismoniy holatida. U shu orqali jamoaga katta foyda keltira olishi mumkin. Bizga sifatli futbolchilar kerak. Bu borada biz rahbariyat bilan doimo muloqotdamiz va har tomonlama o‘ylab ko‘rib ish qilamiz.
Shundan so‘ng futbolchilar tanishtirildi:
Shahzod Shaymanov 4-raqam
Davron Umirov 6-raqam
Kaxi Maxaradze 7-raqam
Kirill Pogrebnyak 9-raqam
Slavko Damyanovich 5-raqam
Marat Bikmayev 10-raqam
Kamron Saydazimov 22-raqam
Abdul Aziz Yusupov 23-raqam
Oybek Qilichev 70-raqam
Sherzod Fayziyev 37-raqam “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi