
Yevropada koronavirus tarqalishi jadallashadigan bo‘lsa, UYEFA o‘z tasarrufidagi barcha musobaqalarni qoldirishi mumkin.
Shunday musobaqalar sirasiga futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan Yevro-2020 musobaqasi ham kiradi. Ayni vaqtda Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 kishidan oshib ketdi. Kasallikni yuqtirganlardan 7 nafari vafot etgan.
«Biz voqealar jarayonini kuzatib bormoqdamiz. Futbol bunday vaqtda vaziyatga moslashishi lozim. Biz musobaqalarni bekor qilmaslikka harakat qilamiz. Ammo vaziyat jiddiylashadigan bo‘lsa, tanlash imkoni qolmaydi», — deydi UYEFA vitse-prezidenti Mishel Uva.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Yevropa chempionati qit’aning 12 mamlakatida o‘tkazilishi lozim edi. Musobaqaning ochilish bahsi esa Rimda o‘tishi rejalashtirilgan.
Biroz vaqt muqaddam A seriya doirasidagi «Yuventus» — «Inter» o‘yini qoldirilgani xabar qilingan edi. E’tiborli tomoni, «Yuventus» rahbariyati qoldirilgan o‘yin chiptalari pulini muxlislarga qaytarmaslikka qaror qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar