21:33 / 27.02.2020
3 062

Shota Arveladze: "Navbahor"ga qarshi bahslarda futboldan ko‘ra ko‘proq janjal bo‘ladi

Shota Arveladze: "Navbahor"ga qarshi bahslarda futboldan ko‘ra ko‘proq janjal bo‘ladi
“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirdi:
Birinchi navbatda yangi mavsum bilan tabriklayman. Afsuski “Navbahor”ga qarshi o‘yinlarimizda futboldan ko‘ra janjal ko‘proq bo‘ladi. Men yigitlarimga asabiylashmasliklari kerak ekanligini ta’kidlagan edim. Biz juda ko‘p vaqtni bahs-munozaraga ketkazib yuboryapmiz. 20 daqiqa vaqt shunday narsalarga ketib qoldi.

Futbol haqida gapiradigan bo‘lsam, namanganliklar o‘z darvozalari yaqinida harakat qilishdi. Biz to‘pni ko‘proq nazorat qildik, ammo ko‘p vaziyat yarata olmadik. Boisi raqib yaxshi himoyalandi. Darvozabon 3-4 vaziyatda jamoasini qutqardi. Mavsum avvalida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik
", - dedi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Navbahor"ga qarshi bahslarda futboldan ko‘ra ko‘proq janjal bo‘ladi