
Kecha Rossiya premer-ligasining 20-turidan o‘rin olgan “Axmat” hamda “Rostov” jamoalari bahsi o‘tkazildi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. E’tiborlisi, rostovliklar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov jamaosining yagona goliga mualliflik qildi.
Bellashuvdan so‘ng Rossiyaning SPORTS.RU saytida hazil tariqasida bir foto chop etildi. Unda Shomurodov gol urib, to‘purarlik poygasida peshqadamga aylanganidan so‘ng "Rostov" klubining elektron pochtasiga hamyurtimizning transferini so‘rab bir nechta klublar xat yuborganini ma’lum qilishdi (Albatta, bu hazil tariqasida! Lekin yaxshi niyat!!!).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing