08:45 / 06.03.2020
3 031

«Nasaf» bilan OFK kubogini yutgan Ivan Boshkovich «Bunyodkor»da

«Nasaf» bilan OFK kubogini yutgan Ivan Boshkovich «Bunyodkor»da
«Bunyodkor» klubi rahbariyati akademiyada sezilarli o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda.
Xususan, bolalar futboli metodikasida yevropa andozalaridan foydalanish maqsadida, klub rahbariyati xorijlik mutaxassislarni ishga jalb etishni boshlab yubordi.

Muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Ivan Boshkovich endilikda bolalar futbolida murabbiylik qiladi. 2011-2012 yillarda Qarshining «Nasaf» jamoasida yorqin o‘yinlari bilan ishqibozlar ko‘nglidan joy olgan Boshkovich, o‘sha mavsumlarda «ajdarlar» tarkibida 51ta o‘yin o‘tkazib, 20ta gol kiritgandi. 38 yoshli Ivan Boshkovich futbolchi sifatida oxirgi marotaba 2017 yili Serbiyaning «Sutesku» klubida o‘ynab, butsalarini mixga ilgandi.

«Bunyodkor» klubi rahbariyati Boshkovichning futbolchilikda to‘plagan boy tajribasidan endilikda akademiya tizimida foydalanmoqchi. Boshkovich «Bunyodkor» akademiyasida 2002-2003 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoani boshqaradigan bo‘ldi. Ko‘ramiz, chernogoriyalik mutaxassisning o‘zbek futboliga qay darajada foydasi tegarkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» bilan OFK kubogini yutgan Ivan Boshkovich «Bunyodkor»da