Superliga 2-turida "Navbahor"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin haqida gapirish juda qiyin. Biz ko‘zlangan rejalarni unchalik darajada bajara olmadik. Asosiysi, "Navbahor" bizga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishini bilgandik va shunga qarab tayyorgarlikni davom ettirdik. Ayrim pallalarda bizga sabr yetmadi. Yigitlar o‘yin biroz asabiy o‘tishini, kontaktlarga boy bo‘lishini bilishgandi. Shuningdek, o‘yinda balans yetishmadi. To‘p bizga tushishi bilan tezda yo‘qotyapmiz.
Yo‘qotilgan to‘pni qaytarishda esa ko‘plab kuch sarfladik. O‘yin chiroyli bo‘ldi. Muxlislar ham zerikib qolishmadi, ikki tomon ham maydonda borlarini berishdi. Bizga faqatgina sovuqqonlik yetishmadi. Agarda birinchi bo‘limdagi vaziyatlardan foydalanganimizda barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Biroq bu futbol, urmadik, ikki gol qo‘yib yubordik. O‘z ustimizda ishlab, oldinga harakatlanishda davom etamiz.
- Nima deb o‘ylaysiz, "Navbahor"ning g‘alabasiga qanday omillar asosiy hissa qo‘shdi va stadion atmosferasi haqida nima deya olasiz?
- Bugun muxlislar "Navbahor"ning 12-o‘yinchisi bo‘lib tura oldi. Futbolchilar ham buni his qilgan holda yuqori kuch bilan o‘ynashdi. Agarda stadionlarimizda muxlislar shu tariqa ko‘payishsa, futbol yanada jozibadorroq bo‘ladi va futbolchilar ham katta ishtiyoq bilan maydonda harakatlanishadi. Menimcha, muxlislarning effekti "Navbahor"ga katta foyda berdi.
- "Lokomotiv"ning oldida qanday maqsadlar bor?
- Bizda maqsad hech qachon o‘zgarmaydi. Oldimizdagi har bir o‘yinda g‘alabaga erishish. Biz mavsumning borishiga qarab ish qilamiz. Ammo hech qachon maqsadlarimiz o‘zgarmaydi.
- "Lokomotiv" legionerlarining bugungi o‘yinlariga qanday baho berasiz?
- Aynan kimlarnidir ajratib ko‘rsata olmayman. Ba’zi pallalarda futbolchilar o‘zlarining asablarini tiyib tura olishmadi. Kimlardir birinchi marta shunday tribunalar ostida futbol o‘ynamoqda. Bu futbolchiga katta bosim beradi. Muxlislar esa haqiqatdan ham 12-o‘yinchi bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi