Iordaniyadagi litsenzion turnirning bugungi dasturidan o‘rin olgan janglarda hamyurtimiz Sanjar Tursunov (-91 kg) ham ringga ko‘tarildi.
U iroqlik Tariq Muhammad Rabeah bilan chorak final bosqichiga chiqish uchun bahs yuritdi. Xabaringiz bor, bu vazn toifasiga ham 4 ta yo‘llanma tikilgan.
Hamyurtimizga qur’a nisbatan qulay kelgan, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Sababi, u final ostonasiga qadar u qadar jiddiy raqiblar bilan to‘qnash kelmaydi. Chunki, bu vaznning yetakchilari qozog‘istonlik Vasiliy Levit hamda janubiy koreyalik Xyong Kyu Kim bilan finalga qadar yo‘llari kesishmaydi. Lekin bu bir taxmin xolos. Aslida, bunday muhim musobaqada har qanday raqibdan jiddiy xavf kutish mumkin.
Jangda Sanjar to‘liq ustunlik qildi. U ilk raunddan boshlab, birinchi raqamda harakat qildi va aniq zarbalarni ko‘plab yo‘lladi. Yakunda, g‘alabani qo‘lga kiritib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi