Mirazizbek Mirzahalilov birinchi jiddiy to‘siqni zabt etdi

Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirida hamyurtimiz jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) ham ilk jangini o‘tkazdi. U hindistonlik Gaurav Solankiga qarshi ringga ko‘tarildi.
Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi chorak finalga yo‘l olar edi va deyarli Tokio yo‘llanmasiga yanada yaqin kelardi. Chunki, bu vazn toifasida 6 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda. Qolaversa, yurtdoshimiz joy olgan tarafda ikki kuchli raqib bo‘lsa, bittasi shu hind bokschisi edi. Ikkinchisi qozog‘istonlik Serik Temirjanov bilan esa yarim finalda to‘qnash kelishi mumkin.
Jang mobaynida raqibidan ustunlikka erishgan Mirzahalilov yakunda 4:1 hisobida zafar quchdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi chorak finalga yo‘l olar edi va deyarli Tokio yo‘llanmasiga yanada yaqin kelardi. Chunki, bu vazn toifasida 6 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda. Qolaversa, yurtdoshimiz joy olgan tarafda ikki kuchli raqib bo‘lsa, bittasi shu hind bokschisi edi. Ikkinchisi qozog‘istonlik Serik Temirjanov bilan esa yarim finalda to‘qnash kelishi mumkin.
Jang mobaynida raqibidan ustunlikka erishgan Mirzahalilov yakunda 4:1 hisobida zafar quchdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…