
Iordaniyaning Amman shahrida bir necha kun davom etgan Tokio Olimpiadasiga litsenziya taqdim etuvchi turnir o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yakunda yettita litsenziyani qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 3 ta bronza medali sohibiga ham aylanishdi.
Shuningdek ushbu natija evaziga O‘zbekiston erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ayollar bo‘yicha esa xitoylik qizlarga teng keladigani topilmadi. Ular 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Quyida medalga ega chiqqan mamlakat vakillarini e’tiboringizga havola etamiz.
Erkaklar
1. O‘zbekiston - 3 ta oltin, 3 ta bronza
2. Qozog‘iston - 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza
3. Iordaniya - 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza
4. Xitoy - 1 ta oltin, 2 ta bronza
5. Filippin - 1 ta oltin
6. Avstraliya - 2 ta kumush
7. Hindiston - 1 ta kumush, 3 ta bronza
8. Tailand - 1 ta kumush
9. Yangi Zelandiya - 1 ta kumush
10. Vetnam - 1 ta bronza
11. Mo‘g‘uliston - 1 ta bronza
Ayollar
1. Xitoy - 3 ta oltin
2. Xitoy Taypeyi - 1 ta oltin,1 ta kumush, 2 ta bronza
3. Janubiy Koreya - 1 ta oltin, 1 ta bronza
4. Yaponiya - 2 ta kumush
5. Hindiston - 1 ta kumush, 3 ta bronza
6. Avstraliya -1 ta kumush, 1 ta bronza
7. Tailand - 2 ta bronza
8. Qozog‘iston - 1 ta bronza “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar