Bokschilarimiz orasida Elnur Abduraimov -63 kilogramm vazn toifasida o‘tgan bahslarda barcha raqiblarini mag‘lub etibgina qolmasdan yana bir bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ha, aynan yana bir bor. Elnur 2015 yil Qatarning Doxa shahrida o‘tgan jahon chempionatida sovrindor bo‘lish orqali -60 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasiga ham yo‘llanma olgan edi.
Biroq terma jamoamiz murabbiylar shtabi Rioga ushbu vaznda Xurshid Tojiboyevni olib borgan edilar. Oradan 4 yil o‘tib, o‘zida kuchli iroda va matonat to‘play olgan Abduraimov Tokio-2020 ishtirokchisiga aylandi. Yana bir ahamiyatli tomoni uning finalda qozog‘istonlik Zakir Safiullin bilan o‘tkazgan jangi ko‘pchilik muxlislar tomonidan turnirning eng qiziqarli bahsi deb e’tirof etilmoqda. E’tiboringizga ushbu bokschimiz bilan musobaqa taassurotlari haqidagi intervyuni havola qilamiz:
– Ushbu vaznda litsenzion turnirga borish uchun juda kuchli ichki sparring jangi ham bo‘lganidan xabarimiz bor. Aytingchi, Iqboljon Xoldorovga qarshi kechgan sparring qiyin bo‘ldimi yoki musobaqadagi janglar?
– Men uchun ikkalasi ham qiyin bo‘ldi. Xoldorov ham, Ammandagi raqiblar ham katta tajribaga ega va texnikasi yuqori bo‘lgan bokschilar. Har ikki holatni tenglashtirib ko‘rmagan bo‘lar edim. Ikkisi ham men uchun birdek qiyin.
– Finalning uchinchi raundida Safiullin bilan gap talashib qolganday bo‘ldingiz. Aslida nima bo‘lgan edi?
– Yo‘q, unaqa gap talashib qolmadik. Men unga: “Bekor bunday boks tushding. Chiroyli jang qilganimiz yaxshi edi”, dedim. Keyin u kechirim so‘radi va barchasi o‘tib ketdi. Bu holat juda tez suratda bo‘lib o‘tdi. Jang yakunida bir-birimizni tabriklab, jang uchun rahmat aytdik. Bu yerda jiddiy bir narsa yo‘q.
– Rio Olimpiadasiga yo‘llanmangiz bo‘la turib bora olmagan edingiz. Bu esa sportchida keyingi Olimpiadaga harakat qilishi uchun juda katta kuch va iroda talab qiladi. O‘zingizda qanday kuch topdingiz?
– Albatta, bunga sabr kerak. Juda ko‘p sabr kerak. Rioda litsenziya bo‘la turib bora olmagan edim. Keyinchalik o‘zimda iroda topib, shu maqsadim sari mehnat qildik. Mashaqqatli mehnat va sabr ortidan mana shu natijaga erishdik deb o‘ylayman.
– Musobaqa va undagi g‘alaba taassurotlari qanday?
– Turnirni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib oldik. Unda eng kuchli terma jamoa ekanligimizni yana bir karra isbotlab berdik. Bu barchamizning g‘alabamiz, bu butun O‘zbekistonning g‘alabasi. Bizning bunday g‘alaba qozonishimiz yo‘lida barcha sharoitlarni yaratib bergan hukumatimiz va sportimiz rahbariyatiga, biz bilan mehnat qilgan murabbiylarimizga katta rahmat aytib qolaman.
– Oldindagi rejalar qanday?
– Eng asosiy reja – Tokioga munosib tayyorlanish. Endi bor e’tiborimiz bo‘lajak Olimpiadaga qaratiladi. Yig‘inlarda yanada katta mehnat qilib, inshoolloh, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridan ham yorug‘ yuz bilan qaytib kelishni niyat qilganmiz.
Manba: MOQ rasmiy sayti “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»