16:37 / 14.03.2020
3 000

Masharipov: "Navbahor" futbolchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynay oladi

Masharipov: "Navbahor" futbolchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynay oladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Futbol TV" telekanalidagi “Offside” ko‘rsatuvida milliy terma jamoa safida hamma ham o‘ynay olmasligini, bu borada klublarning yoshligidan bosimda katta bo‘lagan futbolchilari terma jamoa libosini kiya olishini aytdi.

- O‘zbekiston chempionatida bir yoki ikki turda yaxshi o‘ynasa, terma jamoada ham shu darajada harakat qiladi, degani emas. Ruhiy bosim kuchlilik qiladi. O‘zi terma jamoada o‘ynaydigan o‘yinchilar bor. Masalan, "Nasaf" vakillari. Sababi, Ro‘ziqul Berdiyev kuchli murabbiy. Sizga shu darajada psixologik ta’sir o‘tkazadiki, uni gaplarini yoshlikdan eshitib, kuchayib borasiz.

"Paxtakor" vakillari terma jamoada to‘p tepa oladi. Ular yoshligidan muxlislari bosimida katta bo‘lgan. "Bunyodkor" va "Lokomotiv"da ham shunaqa. Vodiyda "Navbahor" futbolchilari terma jamoa libosini kiyishi mumkin. Ularning ishqibozlari O‘zbekistonda birinchi raqamli hisoblanadi. Bosimga dosh beradigan yigitlar harakat qila oladi
, - dedi Jaloliddin Masharipov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov: "Navbahor" futbolchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynay oladi