
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “So‘g‘diyona” jamoasi ustozi Ulug‘bek Baqoyev ishtirok etdi.
- "Avvalambor, qo‘qonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun muxlislar jamoani yuqori darajada qo‘llab-quvvatlab turishdi. Jamoaga keyingi o‘yinlarda ham omad tilayman. O‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim. Ular mag‘lubiyatga uchrab turganiga qaramay, shashtni tushirishmadi.
Bizning golni inobatga olmagan vaziyat biroz tushunarsiz bo‘ldi, deb uylayman. Hozir ayrim o‘yinchilarimiz yig‘lab o‘tiribdi. Biz futbolni muxlislar uchun o‘ynaymiz. Futbolda prinsip bo‘lishi uchun, go‘zallik bo‘lishi uchun intilishimiz kerak. To‘g‘ri biz ko‘p ochko yo‘qotdik, lekin chempionat endi boshlandi. Hozir xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak. Biz oldimizga qo‘yilgan vazifadan qaytmaymiz", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.
SuperligaQo‘qon-1912So‘g‘diyonaUlug‘bek BaqoyevMatbuot AnjumaniO‘yin Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar