00:30 / 15.03.2020
2 317

Arveladze: "Derdiyokni chiroyli goli bilan qutlayman"

Arveladze: "Derdiyokni chiroyli goli bilan qutlayman"
Superliga 3-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Metallurg" bahsidan (4:1) keyin mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- To‘g‘risini aytsam, 1-taym menga ma’qul keldi. Chempionlar Ligasini ham hisobga oladigan bo‘lsak, bugun bizda eng yaxshi ilk bo‘lim bo‘ldi. Tashkiliy jihatdan, temp bo‘yicha ham. Afsuski, 3:0dan keyin jamoa biroz o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Bu menga yoqmaydi va bu jabhada ishlash kerak.

O‘yin kutganimdan ko‘ra ochiq tus oldi. “Metallurg”ni himoyaviy o‘yin namoyish etishini kutgandim. Sababi, raqib yaxshi himoyalanadi. Ularning 5 himoyachi bilan o‘ynashini taxmin qilgan edim. Biroq, bahs ko‘rsatdiki, ular ham hujumga o‘tishni xohladi va o‘yin ancha ochiq tarzda o‘tdi. Muxlislarga ham uchrashuvni tomosha qilish qiziq bo‘lgan degan fikrdaman.

- Bugungi hisobdan kelib chiqadigan bo‘lsak, “Paxtakor” oson g‘alabani qo‘lga kiritdi deb aytsak bo‘ladimi? Yoki “Metallurg” kuchsizlanganmi? Jamoa o‘tgan mavsum ikkala o‘yinda ham “Paxtakor”ga yetarlicha qarshilik ko‘rsatgandi.
- Ha, vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Hech bir o‘yin oson kechmaydi. O‘sha uchrashuvlarda raqiblar yaxshi himoyalanishgan va o‘z darvozasi yoniga chuqur kirib olishgan edi. Bugun esa “Metallurg” juda faol o‘yin ko‘rsatdi, oldinda ancha ochiq harakat qilishdi. Bu esa bizga qarshi hujumga o‘tish uchun zamin yaratdi. Erenni chiroyli debyut goli bilan tabriklayman. To‘g‘ri bu kichik tarix, lekin doimo yoqimli bo‘lgan holatdir. Unga, “Paxtakor” jamoasi va muxlislarga shunday chiroyli zafarlarni tilab qolaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze: "Derdiyokni chiroyli goli bilan qutlayman"