
Foto: KazFootball
Qozog‘istonning «Kaspiy» futbol klubi koronavirus pandemiyasi sababli futbolchilarining shartnomasini muzlatdi, deya xabar qilmoqda KazFootball.
Mazkur klub rahbariyati jamoaning asosiy futbolchilariga mavjud favqulotda vaziyat sababli ular bilan tuzilgan shartnomani 15 aprelga qadar to‘xtatgani haqida xat yuborgan. Agar mamlakatdagi favqulotda holat cho‘ziladigan bo‘lsa, mos ravishda shartnomaning amal qilmaslik muddati yana uzaytiriladi.
Bu boradagi hujjat klub rahbari vazifasini bajaruvchi Yerlan Yesimov tomonidan imzolangan.
«Kaspiy» klubi Qozog‘iston chempionatining joriy mavsumdagi dastlabki ikki turini mag‘lubiyat bilan boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar