12:24 / 24.03.2020
3 449

Zidan, Kazemiro, Alvesni hayratga solgan yosh braziliyalik haqida

Zidan, Kazemiro, Alvesni hayratga solgan yosh braziliyalik haqida
Braziliya matbuoti kamtaringina "Petrolina" jamoasi 19 yoshli futbolchisi Gleyssonning tarixini San-Paulu kubogidan oldin bilib olishdi. To‘g‘ri, uning jamoasi barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi, biroq Gleysson muxlislarning yodida qolib ketdi. Ha, uning yoshida barcha futbolchilar asosiy tarkibni, katta-katta orzular qilishi tabiiy. "U jamoaga sodiq yigit, har bir mashg‘ulotda bor kuchini berib ishlaydi. Ishonaman, u yaqin yillar ichida katta klubda o‘ynaydi", - dedi uning murabbiyi Xigor Sezar.

Haqiqatdan ham Gleysson juda mehnatkash. Har kuni tong sahar 5da turadi va dadasi hamda tog‘asiga dala mehnatida yordamlashadi. Umumiy hisoblaganda Gleysson kuniga 2000ta kokos terib oladi va uni tozalash uchun kuniga 40 real (8 yevro, 70 ming so‘mga yaqin) maosh oladi. Bu pullarni asosan u uyga va ajrashgan ota-onasiga ishlatadi. Onasi 3 bolani tarbiyalaydi. "Bu yerdagi ish og‘ir. Yelkamda kokosli sumka. Otam, tog‘am va oilamga yordam berish uchun bu joyga kelaman".

Ishini tugatganidan keyin Gleysson 12 kilometrni bosib o‘tib, mashg‘ulotga boradi. Nima 12 kilometr hech nima emas, 10 daqiqalik yo‘l-ku, deyishingiz mumkin. Ammo u pul kamligidan avtobusga ham o‘tirmaydi va 30 gradus issiqda stadionga yugurib ketadi.

Uning otasi ham bir vaqtlar futbolchi bo‘lishni istagan, ammo yoshligida qattiq jarohat olgandi. Shu boisdan u butun umrini kokos yig‘ish bilan o‘tkazdi. Gleyssonning onasi esa uzumzorda ishlaydi. Og‘ir hayotni bola o‘zgartirishni istaydi: "Futbolchi bo‘lishni va oilamga ajoyib hayot taqdim qilishni istayman. Men barchani mana shu daladan olib chiqib ketaman".

Uning o‘yinlarini ko‘rgan Kazemiro anchagina rohatlangan: "U yurakdan o‘ynamoqda. Bugun Zidan "Real"ning asosiy futbolchisi bo‘la olishini aytdi".

Kazemiro Gleysonning tarixini bilib oldi va unga video murojaat orqali o‘z imzosi tushirilgan "Real"ning libosini jo‘natdi: "12, 15 yoki 20 kilometrni bosib o‘tishingdan qat’i nazar, orzularing sari intil!", - dedi Kazemiro yosh braziliyalikka.


Gleysson buni ko‘rib ko‘zlaridagi yoshini tiya olmadi.

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alves ham Gleysson kabi Braziliyaning Shimoli-Sharqiy qismida katta bo‘lgan. U ham Gleyssonga o‘z imzosi bor libosini jo‘natdi: "O‘z ishini yaxshi ko‘radigan insonlarni ko‘rish - menga faxr beradi. Buni bilishingni istayman. Biz Shimoli-Sharqiy hudud uchun o‘rnakmiz".

Mirjalol Normatov tarjimasi

Manba:championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan, Kazemiro, Alvesni hayratga solgan yosh braziliyalik haqida